«ONLAYN-REPETITOR» televizion darslar namoyishi boshlandi » BELLASHUV.UZ
Abiturentlar uchun / Yangiliklar

«ONLAYN-REPETITOR» televizion darslar namoyishi boshlandi

Поделиться:



15-iyun kunidan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda «Onlayn-repetitor» televizion darslar namoyish etishni boshladilar.
Loyiha bu yil abituriyentlarimizning oliy oʻquv yurtiga kirishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida yaratildi.
«Onlayn-repetitor» loyihasi doirasida abituriyentlar bu yilgi test sinovlari oʻtkaziladigan barcha fanlardan (12 ta) namunaviy test savollarini yechish usullari bilan tanishadilar.
Test savollari Davlat test markazining mutaxassislari (testologlari) tomonidan tayyorlangan.
Televizion darslar bir oy davomida efirga uzatiladi. «Onlayn-repetitor» dasturida testlar oʻzbek va rus tillarida har kuni soat 9.00-12.00 ga qadar namoyish etiladi. Ertalabki efirni tomosha qilishga imkoniyati boʻlmagan abituriyentlar uchun soat 16.00 dan boshlab takroriy efir namoyish etiladi.
Barcha abituriyentlarga onlayn-repetitor dasturlarini koʻrishga imkoniyat boʻlishi uchun fanlar 2 blokka ajratilgan holda namoyish etiladi, yaʼni birinchi blokda aniq va tabiiy fanlar (matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya), ikkinchi blokda filologiya va gumanitar fanlar (ona tili, rus tili, tarix, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) namoyish etiladi.
Har kunlik efir jadvallarini va televizion darslarni Siz Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va telegram kanallari (www.uzedu.uz t.me/uzedu, t.me/uzeduonlinemaktab, fb.com/uzedu www.dtm.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.

Manba

Календарь

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим

Случайное

Sizga qaysi fandan testlar kerak?