Mantiq maydoni (2-son) » BELLASHUV.UZ
O'quvchilarga / Qiziqarli savollar

Mantiq maydoni (2-son)

Поделиться:



1. Akmal qo‘lida bir suratni olib ketayotgan edi. Bir kishi uning oldiga keldi va so‘radi: - Suratdagi kim?Akmal javob berdi: - Suratdagining ukasi mening o‘g‘limning bobosi hisoblanadi.Suratdagi kim?

2. 
Samandar shou-viktorinada ishtirok etyapti. U bosh sovrinni qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi. Sovrin 4 ta qutidan birida turibdi. Samandarga sovrin solingan qutini topish uchun quyidagi 4 ta kalit gap berildi:

    1. Sovrin moviy yoki yashil qutida.

    2. Sovrin qizil yoki sariq qutida.

    3. Sovrin yashil qutida.

    4. Sariq qutida sovrin yo‘q.Yuqoridagi gaplardan 3 tasi notog‘ri, faqat bittasi to‘g‘ri. Samandar biroz o‘ylandi va sovrinli qutini to‘g‘ri topdi.

U qaysi rangdagi qutini tanlagan?  

3. 
Har biri 100 varaqdan iborat 10 jildli ensiklopediya bor. Bu ensiklopediyalar kitob javoniga 1-dan 10-ga qarab tartib bilan terib qo‘yilgan. Bir qog‘oz qurti ensiklopediyalarni kemira boshladi. Bu qurt 1-jildning 1-varag‘idan boshlab, 10-jildning 100-varag‘igacha kemirdi. Qurt hammasi bo‘lib nechta varaqni kemirgan. (Muqovalar hisobga olinmaydi)

4. 
Bir tajribaning davomiyligi 15 daqiqa. Bu tajriba undan kam ham, ko‘p ham davom etmasligi kerak. Lekin, baxtga qarshi, sizning qo‘lingizda 7 daqiqalik va 11 daqiqalik qum soatlar bor. 15 daqiqani o‘lchash uchun nima qilish kerak?      


 
 
Javoblaringizni telegram orqali izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. 

IZOH QOLDIRISH

Календарь

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим

Случайное

Sizga qaysi fandan testlar kerak?