TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI! » BELLASHUV.UZ
Yangiliklar

TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Поделиться:



⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyuldan – 20-iyulga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.


❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

? Talabgorning:

➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 

➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);

➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

 

❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?


✅ 2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:

?Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining

➖ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga;

?Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining

➖ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga;

?Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining

➖ tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.


Календарь

«    Октябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим

Случайное

Sizga qaysi fandan testlar kerak?